(+998-99) 516-77-11
Farg'ona shahri, Yuksalish k, 77-uy
info@isti.uz

SHTRIX SKANERLAR

1. Honeywell orbit ms7120

 

2. Datalogic cobalto co5300

 

3. Datalogic quickscan lite qw2100

 

4. Datalogic quickscan qd2430

 

5. Datalogic magellan 2200 vs

6. Datalogic magellan 1100i

 

Shtrix skanerni xaqida ma'lumot: 

Siz supermarket, minimarket va marketlarda sotuvchining xaridor savatchisidagi mahsulotlarni birma-bir olib, ularning yorliqlaridagi oq-qora chiziqlar tushirilgan qismini, ya'ni shtrix-kodini maxsus uskuna orqali skanerlashini ko'p bora ko'rgansiz. Skanerlashni tugatgach, sotuvchi kassa apparatiga bosadi va xaridorga sotib olingan mahsulotlar ro'yxati va narxi ko'rsatilgan chekni chiqarib beradi.Bugungi kunda do'kon va bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning aksariyati, oddiy bolalar o'yinchoqlaridan tortib, faqat buyurtmaga tayyorlanadigan qimmatbaho samolyot detallarigacha maxsus shtrix-kodlar bilan belgilanadi.Shtrix-kodlar ham ichki, ham xalqaro bozorlarga chiqarilayotgan mahsulotlar uchun, mazkur mahsulot haqida birlamchi ma'lumotlar taqdim etadigan axborot manbasi sanaladi. Mahsulotga shtrix-kod biriktirish, demakki uni indentifikatsion raqam bilan belgilash deganidir.Shtrix-kodni skanerlarshda faqat mahsulot narxi va miqdorini aniqlash bilan cheklanib qolinmaydi. U bir vaqtning o'zida mazkur turdagi mahsulotning ombordagi va rastadagi qolgan qismi (qoldig'i) bo'yicha ham avtomatlashtirilgan nazorat yuritadi.Agar do'kon egasi ushbu shtrix-kod skanerlash tizimini maxsus dasturlar bilan ta'minlab qo'ysa, ushbu dasturlar do'konda va omborda qolgan muayyan shtrix-kodli mahsulotlar haqida doimiy yangilanib boruvchi ma'lumotlar taqdim etib boradi. Zaruriyat bo'lsa, dastur ushbu shtrix-kod asosida ta'minotchiga yoki vositachiga yangi buyurtma beradi. Shuningdek, bunday shtrix-kodlar asosida yana xaridorlarning qaysi mahsulotlarni qanday paytlarda sotib olayotgani, ko'proq qaysi firmaning mahsuloti xaridorgir bo'layotgani haqida ham qimmatli marketing ma'lumotlari avtomatik ravishda yig'ib boriladi.Qolaversa, mahsulotlar narxini qo'lda hisoblash vaqtidagi o'rtacha xato qilish ko'rsatkichi 300 ta mahsulot nomiga bitta xatolikni tashkil etadi. Shtrix-kodni skanerlab avtomatik hisob yuritishda esa, xatolik darajasi atiga trilliondan bitta xatoni tashkil qiladi. Ushbularning barcha-barchasi, ishlab chiqaruvchining o'z mahsuloti yorlig'iga tushirgan shtrix-kodi tufaylidir. Xo'sh, shtrix-kodlar o'zida qanday ma'lumotlarni saqlaydi va ularni qanday o'qish mumkin?Shtrix-kodlash tizimida ikkilik sanoq tizimi qo'llaniladi. Binar sistema deb yuritiladigan ushbu tizimda faqat 0 va 1 raqamlari ishtirok etadi. Shtrix-kodni skanerga tutilganida, skaner avval kod yuzasini yoritadi. Bunda shtrix-kodning qora chiziqlari skanerdan kelgan nurni yutib qoladi. Oq chiziqlar (aslida ular chiziq ham emas, shunchaki, bo'sh qoldirilgan oraliqlar) skaner nurini qayta akslantiradi. Skaner ushbu qaytgan va yutilgan nurlar asosida o'zida elektr impulslari ko'rinishida signallar shakllantiradi. Ushbu elektr impulslaridan iborat signallar matematik algoritmlar vositasida ikkilik sanoq tizimiga (ikkilik kodga) o'giriladi. Ushbu kodni esa kompyuterdagi maxsus dasturlar qayta ishlaydi va uning asosida mahsulot haqida ma'lumotlarni shakllantirib, ekranga chiqaradi va chek qog'oziga chop etib beradi.

Telegramga murojaat

MIJOZLARIMIZ

IDEAL - ishlab chiqarish va savdo do'konlari

Farg‘ona shahar 1-sonli viloyat Dori darmon

Quvasoy shahar "Piramida" super marketi

Farg‘ona shahar "Chanel" savdo majmuasi

MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI

Biz bilan ishingiz yanada oson!

Bog'lanish

(+998-99) 516-77-11

Farg'ona shahri, Yuksalish k, 77-uy

info@isti.uz